PANOH.UZ
Bekor katta bo'lyapmanda....
22 Dek 2022 05:48   0   18   4   0
Bekor katta bo‘lyapmanda. Bolaligimda dunyo chiroyli edi...
Oson edi...
Tushunarli edi...
Yoqimli edi...
Bolaligimda hamma yaxshi narsalar menga edi. Hech kim menga ichim kuysa achchiq qalampir tutmasdi... Hech qachon yaram ustiga tuz sepishmasdi...
Bolaligim oson edi. Erisholmagan narsalarimga bitta erkalanishim yoki ko‘z yoshlarim orqali erishardim... Ermak uchun ham ko‘z yoshimni to‘kardim... to‘kishmasdi. Do‘stim ustimga tuproq sochsa, men unga loy otardim. Lekin, shu loy-tuproq qo‘llarimiz bilan bir-birimizni quchardik...
Bolaligim tushunarli edi. Men multfilmda ko‘rganim - kesib chiqish eng yaqin yo‘l, degan fikrni afzal bilardim.
Bolaligim yoqimli edi. Xato qilib qo‘ysam, meni yomon ko‘rishmasdi. Nafrat ko‘zlari butun vujudimni teshib o‘tmasdi. Mobodo, qilgan xato ishim uchun otam urishsa onamga, onam urishsa otamga borib aytardim. “Hozir, shoshmay turgin. Boplaymiz...” - ko‘nglimni osmon qadar ko‘tarardi...
Eh, bekor katta bo‘lyapmanda...
« Oldingi 106 dan 200 Keyingi »
4 0
Bloger: Sσмεσฑε єŁѕє
Sharhlar yo`q
Bosh sahifa