Ayolingizga “Seni yaxshi koʻraman” demasangiz ham bir yilda bir martagina boʻlsa ham ichiga “Menga oʻqimishli holingda koʻproq yoqasan”, degan izhor yozib, kitob sovgʻa qilib turing-chi, oʻqishga qiziqmagan ayol qolarmikan dunyoda.
Siz sovgʻa qilgan kitobni suvdek yodlab oladi koʻrasiz.
She'r kitobdan boshlang, diniy hikoyalarga oʻting, asta-sekin hadislar, fiqh, diniy, ilmiy kitoblarga qadam qoʻying.
Qurʼon hadya qilishingizni oʻzi iltimos qiladi, sinab koʻring.
Ayolim oʻqimaydi, ayolim ilmga qiziqmaydi, ayolim dindor emas, ayolim hijobga kirmayapti, ayolim itoat qilmayapti demang.
Ilmga yoʻnaltirib, Allohni,
ni toʻgʻri yoʻl bilan tanitib qoʻying, mana koʻrasiz sizni diningizga daʼvat qila boshlaydi.
Ajrashishni oʻylashdan avval tafakkur qiling, balki jannatingizni sababi uning hidoyatidadir.
Alloh sizni u bilan sinayotgandir.
Taslim boʻlmang, jannat yoʻli tikanlar bilan qoplangan,
gullar bilan emas...