PANOH.UZ
Qurbonlik....
31 Dek 2022 21:21   2   17   2   0
Qurbonlik...
Qurbon hayiti oldidan oʻrtahol oila boshligʻi jonliq olish uchun bozorga bordi. Semiz, chiroyli, koʻnglidagidek qoʻyni sotib oldi. Yonidagi ogʻaynisiga:
- Doʻstim, keling, bu qoʻyni uyimga olib boring! Meni zarur ishlarim bor. Ulgurmay qolaman, - dedi.

Ogʻaynisi qoʻyni olib doʻstining uyi tomon ketdi. Manzilga yetganda doʻstining uyi bilan qoʻshnisini uyi juda oʻxshash boʻlgani uchun adashtirib va Allohning hikmati bilan qoʻshnisini uyiga qoʻyni tashlab ketdi. Xayolidan koʻtarilib, jonliq kimniki ekanligini aytmasdan joʻnab ketdi.
U qoʻyni bergan manzil ahli juda faqir yashashardi.
- Ey Alloh, qaysidir solih kishining qalbiga solibdi - da, bizga ehson qilibdi, - deyishdi.
Qoʻy egasining ayoli qoʻshnilarini koʻrib:
- Tovba, bularning oʻzi bir ahvolda yashashsa, qoʻyga qayerdan pul topishdi ekan, - dedi.
Kech tushdi. Oila boshligʻi ishdan qaytdi. Farzandlari, ayoli uni odatdagiday kutib olishdi. Uyda qurbonlik shukuhi yoʻq edi.
Ayolidan:
- Doʻstim qoʻy olib kelishi kerak edi, bugun sotib olgandim, qani? - deb soʻradi.
Ayoli:
- Ha, aytdim - a-a-a? Qoʻshnilarimiz qoʻy olganlarini koʻrdim, doʻstingiz oʻshalarga tashlab ketibdilar - da! Boring, xoʻjayin, qoʻyimizni keltiring! - dedi.
- Qoʻysang - chi, xotin! Ularning farzandalari rosa suyunishgandir. Men qanday qilib ularning quvonchini tortib olay? - dedi.
Ertasi kuni tong otishi bilan u kishi yana bozorga bordi. Qarasa, bir sotuvchi qoʻylarini joylashtirayotgan ekan.
- Ey Allohim, zora shu kishining birinchi xaridori boʻlay - da, menga arzonroqqa yaxshiroq qoʻy bersa, - deb sekin bora boshladi.
Uni oldiga kelganida bilasizmi sotuvchi nima dedi?
- Yoʻlda kelayotganimda qoʻylarim bilan baxtsiz hodisaga uchradik. Allohga shukur, men ham, jonivorlarim ham omon qoldik. Salomat qolganimizning shukronasiga Alloh uchun birinchi kelgan xaridorga eng yaxshi qoʻyimni bepul berishga nazr qildim. Qani birodar, tanlang! Istaganingizni oling! - dedi.
Haligi kishi:
- Subhanalloh, Allohim, bunchalar Mehribonsan, - dedi.
- Ummu Abdulloh tarjimasi
“Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning yoʻlini ochib qoʻyur. Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur”
« Oldingi 99 dan 200 Keyingi »
2 0
Bloger: Sσмεσฑε єŁѕє
* Sσмεσฑε єŁѕє
𝗭𝗮𝗺1𝗥 𝗢𝗙𝗙 Raad Al Kurdy , Rahmat
* 𝗭𝗮𝗺1𝗥 𝗢𝗙𝗙
Ha koplar buni mazmunini bilmaydi
Bosh sahifa