PANOH.UZ
#Mavhumlik..
4 Mart 2023 12:50   1   11   1   0
Men Xudbinman!
Istaklarim ham.
Menikilar Menga bo'lishsin.
Meni demas, menikimaslar..
Mendan nari o'ynab-kulishsin.
Men Xudbinman,
Men sevgan inson Mensiz nafas ololmay qolsin!
Yo'qligimdan qulasa osmon,
Borligimdan quvonchga to'lsin.
Nigohidan sig'masin o'zga,
Mehrin menga bersin bus-butun!
Shiringina jonidan kechsin,
Bittagina qarashim uchun!
Yuzlarimni tilasin oydan,
So'zlarimsiz tatimasin bol.
Mensiz bir kun yashay oldimi ? Ana eshik!
Ketsin!
Bemalol!
Xudbinman, a?
Bilaman!
Ammo,
Chorasizman.
Hayron turibman.
Shundayligim tufayli balki
Qarang...
Hamon yolg'iz yuribman.
**
ยซ Oldingi 7 dan 121 Keyingi ยป
1 0
Bloger: ๐“ข๐“ช๐“ซ๐“ป๐“ช๐“ท..
* ๐“ข๐“ช๐“ซ๐“ป๐“ช๐“ท..
Xudbinman..smile
Bosh sahifa
โ†‘