PANOH.UZ
Shunchaki...
14 Apr 2023 14:19   0   10   1   0
Hayotning bergan sinovlariga toqatingiz yetmaganda, sabringiz tugaganda, hayotning sizga berishi kerak bo'lgan baxti yetmay qolganda, to'kilib ketgan qadringizni terib olishga madoringiz qolmaganda, mehr degan tuyg'uning zahirasi tugab qolganda, quvonch qo'llaridan tuta olmay armon nashidasini yelkangizga yuk qilib ortganingizda, sog'inch o'tida yillar mobaynida qovrilib, so'ngra unutilishga mahkum bo'lganingizda, unitilganingizda, o'zingizni keraksizdek his qilganingizda, yetimlik bag'rida uloqtirilganingizda, ota ona mehrini ko'rmay o'sganingizda, ota onadan erta judo bo'lganingizda, bag'ri yarimlikka asir etilganingizda, yashab turib o'lim bilan kurashganizgizda, haqiqatlarga tik boqib singaningizda, yolg'onlar ostida qolib ezilganingizda, haqiqat deb sarsonlik bog'ida yiqilganingizda, sevib sevilmaganingizda, chin oshiq bo'la turib bevafolar makriga yo'liqqaningizda, odamiylik yo'qligini ko'rib chidaganingizda, iymoningiz sustligi kelajagingizga rahna solganda, Alloh oldida gunohlar botqog'ida sayr qilganingizda, shayton bilan do'st tutinganizgizda, birovning ko'nglini shavqatsizlarcha yaralab keyin uzr so'raganingizda, og'riqni sherigingizga his qildirib o'zingiz bir chetda kuzatganingizda, do'stimsan deb ortidan pichoq sanchganingizda, kibrni o'zingizga kasb qilib olganingizda, birovni mensimay, kamsitib ustidan kulganingizda, vijdon deb atalmish buyuk bir nematni sariq chaqaga sotib boyib ketganingizda, foniy dunyo uchun begunohlarning qonini to'kkaningizda, yosh go'daklarni ota onasidan ayirganingizda, sanasa oxiri ko'rinmaydigan gunohlar og'ushida kulib turganingizda yig'lang, shunday yig'langki tavba qilganingizda tavba eshigi siz uchun ochilganda gunohlaringiz og'irligidan zir titragan zamin bir ozgina tin olsin.
©SODIQA
« Oldingi 81 dan 200 Keyingi »
1 0
Bloger: АЧИЛОВА
Sharhlar yo`q
Bosh sahifa