PANOH.UZ

​​OLMA
(Bo‘lgan ...
15 Avg 2023 21:43   1   5   0   0

​​OLMA
(Bo‘lgan voqea)
Otam qarib ulgurmay yotoqqa mixlanib qoldilar. Galma-galdan opa-singillarim bilan borib qaraydigan bo‘ldik. Otamning eti suyaklariga yopishib, ozib ketdilar. Oshqozonga botmasligi uchun hazmi yengil ovqatlar ichirib, yedirib turdik.
Oradan oylar o‘tdi. Bir kuni otam meni yoniga chaqirib, olma yegilari kelayotganini aytdilar. Kun sovuq bo‘lgani uchun erinib olib kelmadim. Olmani so‘raganlari eslaridan chiqib ketadi deb o‘yladim. O‘rniga qishga yopilgan olcha qaynatmasidan berdim. Ichmadilar, istamadilar, qo‘llari bilan piyolani itarib, yuzlarini sekingina o‘girib oldilar. Olma mening esimdan chiqib ketgan edi. Lekin adamlarning eslaridan chiqmagan ekan...
O‘sha kuni shomdan keyin og‘irlashdilar. Yig‘i-sig‘i bilan atroflariga yig‘ilib o‘tirdik. Onam otamning peshonalaridan oqayotgan ter tomchilarini oq chit ro‘mol bilan damba-dam artib turar ekanlar, otam ko‘zlarini uzmasdan menga tikilib qarab turaverdilar.
Yuzlariga yaqin kelib so‘radim: “Adajon u-bu narsa kerakmi?”
“Olma yegim kelgandi. Endi kerakmas...”, dedilar hansirab.
Tomog‘imga tosh tiqildi. Bo‘g‘zim achishib, yuragim qattiq siqilib, otamning yuziga qarolmay qoldim. O‘lim bilan olisha-olisha otamning joni tongda uzildi.
O‘shandan beri olma ko‘rsam o‘zimni koyiveraman.
“O‘sha olmani olib kelsam o‘lib qolarmidim. Axir juda-juda istagan ekan-ku. O‘zini yeyolmasalar suvini ichirib qo‘ysam bo‘lar edi-ku...”
Har safar ko‘nglimda shu gaplar aylanaveradi. Bilaman foydasi yo‘q. Lekin nima qilay vijdon azobida qovurilganim qovurilgan.
Olma yemaganimga yetti yil bo‘ldi. Bundan keyin ham yeyolmasam kerak. Chunki olmani ko‘rganimda ko‘zlari javdirab yotgan otam ko‘z oldimda gavdalanaveradi.
Zulfiya Maxmud.
« Oldingi 41 dan 200 Keyingi »
0 0
Bloger: Ведьма
* Ведьма
Ota-onalarni borlarida qadrlash keraksmile
Bosh sahifa