ISHQ HAQIDA HIKOYA
“Eringiz sizni sevadimi?” degan savolga ayol shunday javob qildi:
- Men sevgi-muhabbatni bilmayman, lekin erim ish vaqti tugagan zahoti ro‘zg‘or uchun kundalik yeguliklarni xarid qiladiyu uyimizga shoshadi.
Bir kuni xojamga: “Erkak degani biroz ko‘chada aylanib yurmaydimi? Siz ham boshqa erkaklarday uyga kech kelmaysizmi, men ham boshqa ayollarday ”Qayerda edingiz?!“ deb so‘ramaymanmi?” dedim. Ertasi kuni erim ishdan avvalgi vaqtida qaytmadi. Kechki ovqatga unnayotganimda ko‘zim ayvon derazasidan pastga tushdi. Erim ro‘zg‘or xaltani yoniga qo‘yib, yo‘lakdagi o‘rindiqda o‘tirardi...
1
0
| | MAXDIY ajoyibku shunday qilsammikin |