PANOH.UZ
Bir kishi bir tilanchiga ...
12 Avg 2023 03:55   1   7   1   0
Bir kishi bir tilanchiga har oy 1000 dinor sadaqa qilar ekan. Bir yilgacha shunday qilib boribdi. Bir yildan so‘ng beradiganini 750 dinorga tushiribdi. Faqir hayron bo‘libdi. Ammo indamabdi. Yana bir yil o‘tib haligi kishi beradigan sadaqasini 500 dinorga tushiribdi. Shunda hayron bo‘lgan faqir chiday olmay so‘rabdi:rn- Nega beradigan pulni kamaytirib yubordingiz? Oldin 1000 dinor berar edingiz, so‘ngra 750 ga tushdi, endi esa 500 berayapsiz?rnHaligi kishi javob berdi:rn- Oldin farzandlarim yosh edi. Shuning uchun 1000 dinor berar edim. O‘tgan yili katta qizim universitetga kirdi. Xarajat ko‘paydi. Shuning uchun 750 ga tushirdim. Bu yil esa o‘g‘lim o‘qishga kirdi. Xarajat yana ko‘paydi. Shuning uchun sizga beradigan pulimni 500 dinorga tushirdim.rnTilanchi so‘radi:rn- Nechta farzandingiz bor?rn- To‘rtta!rnTilanchi dedi:rn- Ular ham o‘qishga kirsa xonavayron bo‘lar ekanmanda. Nima, farzandlaringizni mening hisobimdan o‘qitmoqchimisiz?!
« Oldingi 62 dan 200 Keyingi »
1 0
Bloger: Ведьма
* MAXDIY
😀😀😀😀😀😀😀😀
Bosh sahifa