PANOH.UZ
​​Bolakay yurishni e ...
13 Avg 2023 14:56   2   5   1   0
​​Bolakay yurishni endi o‘rgana boshlagan kezlari bir kunda yigirma, o‘ttiz martalab yiqiladi, burni qonaydi, tizzasi shilinadi, lat yeydi... yig‘laydi. Lekin biroz o‘tib, yana yurishga harakat qilaveradi.
U har yiqilganida buning uchun atrofdagilarni ayblamaydi;
yiqilishida, joni og‘rishida boshqalarni aybdor deb bilmaydi;
yurib ketishim uchun otam yoki onam, atrofimdagilar menga sharoit yaratib berishmadi, deb o‘kinmaydi;
hovlimizning sahni tekis va yumshoq bo‘lganida yiqilmas edim yoki yiqilsam ham lat yemasdim, demaydi...
Hech nimaga e’tibor bermay, oldinga qadam bosishga harakat qilaveradi.
Va albatta yurib ketadi!
Yiqilsak oyoqqa turish va oldinga intilishni bolakaylardan o‘rganish kerak...
« Oldingi 61 dan 200 Keyingi »
1 0
Bloger: Ведьма
* Ведьма
Bu o'zimga motivatsiya.
* MAXDIY
MATIVATORMISIZ DEYMAN ZOR OXSHATISH SAYDMUROD DAVLATOV SHUNDAY DEGANINI ESHITGANDIM
Bosh sahifa