PANOH.UZ
Sobir Rahimov haqida ham ...
13 Avg 2023 19:05   3   3   0   0
Sobir Rahimov haqida hamma bilishini istardim. Shu uchun bu ma'lumotni yozdim. Saytdoshlarga qiziq bo'ladi deb o'ylayman. rnSobir Rahimov 1902-yili 25-yanvarda Toshkentda tug‘ildi. Mehribonlik uyida o‘sdi. 1922-yili Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasiga yozildi. 1925-yili Bokudagi harbiy maktabni bitirdi. Turkiston harbiy okrugida bir necha yil kavaleriyaga qo‘mondonlik qildi. Bir necha marta yaralangan, Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. 1930-yili qo‘mondonlik tarkibini mukamallashtirish kurslarini bitirdi. 1938-yili Qizil Armiyadan chetlatildi, 1940-yili esa armiyada tiklanib, G‘arbiy maxsus harbiy okrugga jo‘natildi.rnIl jahon urushiga kelib Sobir Rahimov mayor va motoo‘qchi polki qo‘mondoni o‘rinbosari unvonida edi. 1941-yil iyulida yaralanib, gospitalda davolandi. Janubiy frontda Rostov va Taganrog himoyasida qishni o‘tkazdi; 1942-yil yanvarida kontuziya bo‘ldi. 1942-yil mayida frontga qaytdi, sentyabrda esa 56-armiyaning 395-o‘qchi diviziyasi qo‘mondoni etib tayinlandi. 1943-yil boshida shu diviziya Shimoliy Kavkaz mintaqasida o‘zini yaxshi ko‘rsatdi va Sobir Rahimovga 19-mart kuni general mayor unvoni berildi.rn1943-yil 8-aprelida Sobir Rahimov Moskvaga, K.Ye. Voroshilov nomidagi General Shtab Harbiy Akademiyasiga o‘qishga yuborildi. 1944-yil noyabrida 65-armiyaning 37-gvardiya o‘qchi diviziyasi qo‘mondoni etib tayinlandi. 1945-yil fevralida 37-diviziya askarlari 9000 kishilik garnizon himoyasida turgan Grudziądz (Polsha) shahrini zabt etishdi. Bir necha kundan so‘ng general Rahimov boshliq diviziya Gdansk shahriga birinchi bo‘lib kirdi.rn1945-yil 26-mart kuni janglarning birida Sobir Rahimov turgan kuzatuv punktiga snaryad kelib tushdi va general boshidan yaralandi. Rahimov 8 soatdan so‘ng gospitalda vafot etdi.rnSobir Rahimov qabri ona shahri — Toshkentda joylashgan.rnUrush paytida ko‘rsatgan jasoratlari uchun general mayor Sobir Rahimovga 1965-yil 6-mayida SSRI Oliy Kengashi Prezidiumi qarori bilan „Sovet Ittifoqi Qahramoni“ unvoni berildirnrnSOBIR RAHIMOV-GENERAL MAYOR, HARBIY QO‘MONDON BO‘LGAN
« Oldingi 59 dan 200 Keyingi »
0 0
Bloger: Ведьма
* Ведьма
Hozir urush boshlansa, shunday vatanparvarlar topilarmikan?
* MAXDIY
afsus nimaxam qilaolardik
* Ведьма
Afsus. G‘alabagacha 1oyu 2 hafta qolgandayasmile
Bosh sahifa