PANOH.UZ

​O‘G‘IL FARZAND ...
16 Avg 2023 18:13   0   2   0   0

​O‘G‘IL FARZAND
Kimning o‘g‘il farzandi bo‘lsa, men bu dunyodan o‘tib ketganimdan keyin, opa-singillaringdan doim habar olib turgin deb aytavering, aytavering, umringiz tugaguncha ayting.
Chunki qiyomatda erkaklar opa-singillaridan habar olmagani uchun so‘roq bo‘lar ekan. Ota-onadan keyin opa-singillardan habar olish aka-ukalarning zimmasida ekan.
Rivoyatda bir solih kishi birodarlari bilan qabriston oldidan o‘tib ketayotib bir qabrga daraxtning novdasini qo‘ydi. Bu qabrdagi odam qabrda azoblanyapti, shu novda so‘liguncha azobi yengillab turadi dedilar.
Odamlar bu odam qanday gunoh qilgan deb so‘rasalar:
-Bu yigitning butun tanasi yonyapti faqatgina o‘ng qo‘li yonmayapti, sababi u opa-singillaridan habar olmagan. U bir kuni bir do‘sti bilan ketayotib shu ko‘chada mening opam yashaydi deb, o‘ng qo‘li bilan ko‘rsatgani uchun o‘ng qo‘li yonmayapti. Ko‘rsatgani uchun Alloh o‘ng qo‘lini azobdan qutqardi. Ikki dona non olib, ko‘rgani borganda butun tanasi azobdan qutilgan bo‘lardi dedilar.
O‘g‘illarimizni oxirat azobidan o‘zing asra, Robbim!
« Oldingi 39 dan 200 Keyingi »
0 0
Bloger: Ведьма
Sharhlar yo`q
Bosh sahifa