Ostonangizga nazar tashlab qo‘ying,...
Onam aytardilar:
“Dadang ko‘chadan kelsalar, oyoq kiyimlari ostonada qolmasin, darrov tozalab ichkariga olinglar, chunki erkak kishiga izzat, hurmat ostonadan boshlanadi...”
Odatingizdan aylanay onam!
Haqiqatdan ayolning farosatini, xojasiga hurmatini ostonadan payqash qiyin emas.
Juftining oyoq kiyimini ham oyoq ostida qoldirmay, hatto farzandlariga ham ezg‘ilatmagan ayollar ‒ Asl O‘zbekoyimlardir.
Erkakka o‘zini sultondek his qildirish, uning azizligini bildirib turish ayolning zimmasidagi birinchi vazifadir.
Ostonangizga nazar tashlab qo‘ying....
Axir hurmat va ehtirom ostonadan boshlanadi.
1
0
Sharhlar yo`q