PANOH.UZ
Alloh bizga berdi, go'zal muhab
14 Sent 2022 23:28   0   12   2   0
Alloh sevgan bandasiga berar muxabbat,
Bu tuyg'u, yurakda yashar to abad.
Shukrona aytaman berdi menga ham,
Allohim ayanchli, go'zal muhabbat.
Hayotim, sevgilim, go'zalsan, faqat
Nega endi taqdir, bizga beshavqat?
O'ksinma...! Kun kelib bo'lamiz baxtli,
Ungacha qilamiz, sabr-u toqat.
Meni mag'zun yuragim, senga poymona,
Qalbimda yashaysan, yolg'iz yagona.
Ishqingda yonaman, umrbod, hargiz,
Ko'z ochib ko'rganim, o'zingsan Nargiz.
Taqdirimiz ayanchli, qiynaldim dema,
Men bormanku axir, jonim g'am yema.
Lablarimiz emas, qalb qilsin suhbat,
Alloh bizga berdi, go'zal muhabbat...!
« Oldingi 131 dan 203 Keyingi »
2 0
Bloger: Dead
Sharhlar yo`q
Bosh sahifa