PANOH.UZ
VERTUAL SEVGIM
14 Sent 2022 23:37   3   36   9   0
Siz bilan tanishganimda shu so`zlarni, satrlarni yozaman deb o`ylamagandim. Sizni sezmay, bilmay, tushunmay sevib qolibman. Siz bilan do`stlashib, hazillashib, kulishib sevgi qanday qalbimga mehmon bo`lganini bilmay qolibman. Mehmon deymanu, lek mehmonga taqqoslamayman, chunki mehmon qalbni shod aylab ketadi, sevgi esa qalbga ozor berib bir umrga qoladi. Ammo nima qilay siz bn suhbatlashish uchun oshiqamanu lekin hayrlashgim kelmaydi. Hatto siz bilan qanday vaqt o`tganiniyam bilmay qolaman. Dugonalarimga so`zlasam «Bu shunchaki o`rganish, sevgi bo`lishi mumkinmas» deyishadi. Qalbimga quloq solsam sizni so`raydi. Shirin so`zlariz, erkalashlarizi qumsaydi. Siz bn suhbatlashganda hatto yonimdagi do`stlarimniyam unutaman. Ular esa «Bizgayam e`tiborli bo`l» deya sizdan rashk qilishadi, gohida esa havas ila boqishadi. Siz uzoqdasiz hech birga bo`lolmasligimizniyam bilaman, o`zga yoriz, vafodoriz bor. Lek tan olgim kelmaydi. Yo`q men tan olganman lekin qalbim……. Telbalardek hayollar suraman, baxtli oilamni quraman, baxtimning egasi deya sizning ismingizni shivirlayman. Sog`inganimda esa mendek ojiz inson topilmaydi. Ochilgan gul so`liyotgande men ham so`lib boraman. Sog`inchim qalbimni ozor chekishiga, ko`z yoshlar to`kishimga majbur qilardi. Chunki men sevgining bir quliga aylanib bo`lgandim. Ha men sevgining bir ojiza quliman.
« Oldingi 127 dan 200 Keyingi »
9 0
Bloger: Dead
* Air baxtyorov
Qoyil erinmay shunchaaa narsani yozibsz
* DILNURIM
Afsus
* 🕊️
Ux yomonuuu 😬
Bosh sahifa